Sneking butun dunyoda mashhur bo'lib bormoqda. Sneking nima degani? Bu nafaqat tamaddi uchun mo'ljallangan mahsulotlar toifasi, balki mazali, muvozanatli ovqatlanish xohishi va ovqatlanish zavqini his qilish istagini birlashtirgan mahsulotlarni tanloviga bo'lgan ma'lum yondashuvdir.1
Ongli ovqatlanish - bu, nima bilan va qanday ovqatlanayotganingizga e'tibor berishni anglatadi. Bu aniq nima iste'mol qilishni xohlayotganingizni, nima uchun uni iste'mol qilayotganingizni va o'zingizni qanday his qilishingizni ongli ravishda tanlashdir.
Ongli ovqatlanishning afzalliklari
Diqqatni jamlash ovqatdan maksimal lazzatlanishga yordam beradi.
Ongli ovqatlanish amalyoti har qanday vaqtda, har qanday joyda va har kim tomonidan qo'llanilishi mumkin. Keyingi safar tamaddi qilishdan oldin, o'zingizni tekshirib oling va o'zingizga uchta savol bering.
Nima uchun tamaddi qilishni xohlayman?
Nima uchun tamaddi qilishni xohlayman?
- Siz quvvatga muhtojligingiz uchun tamaddi qilyapsizmi yoki ochmisiz?
- Tamaddi qilish kun davomida tanaffus qilish uchun sababmi?
- Tamaddi qilish qaroriga o'zingiz keldingizmi yoki do'stlaringiz taklifiga rozi bo'ldingizmi?
- O'zingizni siylamoqchimisiz?
Nima uchun tamaddi qilishni xohlayapman degan savolga javob berish, ayni damda ehtiyojlaringizni qondirish uchun nima yeyishni tanlashga yordam beradi.
Nima yeyishni xohlayapman?
Nima yeyishni xohlayapman?
- Shirin yoki sho'rmi?
- Yumshoq yoki qarsildoqmi?
- Issiq yoki sovuqmi?
Nima iste'mol qilmoqchi ekanligingizga aniqlik kiritgandan so'ng, ovqatingizni portsiyalarga bo'ling va har bir luqmadan maksimal lazzatlanish uchun chalg'imaslikka harakat qiling. Sekin ovqatlaning, to'yganligingizni his qilish uchun vaqti-vaqti bilan to'xtab turing.
Qanday qilib ovqatdan maksimal lazzat olishim mumkin?
Qanday qilib ovqatdan maksimal lazzat olishim mumkin?
Barcha sezgi a'zolaridan foydalaning. Har bir luqmadan to'liq zavqlanish uchun ovqatingizning hidi, ta'mi, tuzilishi, shakli va rangiga e'tiboringizni jamlang. Vaqti-vaqti bilan o'zingizdan bu sizga yoqyaptimi yoki allaqachon to'yganligingizni so'rab turishni unutmang.
Ongli ovqatlanish quyidagilarga olib kelishi ilmiy jihatdan isbotlangan:
- Ongli va puxta o'ylangan oziq-ovqat tanlovi orqali ovqatga ijobiy qarashga2
- Barcha sezgi a'zolaridan signallarni qabul qilishga o'rganishingiz natijasida hayotdan qoniqish hissi kuchayadi3
- Ochlik signallari va to'yinganlik hissiga e'tibor berilishi natijasida ko'proq muvozanatli oziq-ovqatga ega bo'linadi va ortiqcha ovqatlanish ehtimoli kamroq.4
BIZ ODAMLARNI TO'G'RI SNEKING QILISHGA ILHOMLANTIRAMIZ
Mondelēz International kompaniyasi iste'molchilarga o'zlarining sevimli mahsulotlaridan ko'proq lazzatlanishlariga yordam beradi.
“Oqilona portsiya” dasturimizni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun ovqatlanish va xulq-atvor psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar bilan maslahatlashdik
Biz o‘z oldimizga portsiyali o‘ramdagi mahsulot portfoliosini 100% ga yoki maxsus «Oqilona portsiya» markirovkasiga yetkazishni maqsad qilib qo‘yganmiz.5
Ongli ovqatlanish to'g'risida ma'lumot
Doktor Syuzan Albersdan ongli ovqatlanish bo'yicha maslahatlar bilan tanishib chiqing